Alisher Navoiyning ota tomondan bobosya Amir Temurning Umar Shayx ismli o‘g‘li bilan ko‘kaldosh (emikdosh) bo‘lib, keyinchalik Umar Shayx va Shohruxning xizmatida bo‘lgan. Otasi G‘iyosiddin Bahodir esa Abulqosim Boburning yaqinlaridan; mamlakatni idora etishda ishtirok etgan. Onasi (ismi noma’lum) Kobul amirzodalaridan Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining so‘nggi yillariga to‘g‘ri kelgan. U temuriyzodalar, xususan bo‘lajak podshoh Husayn Boyqaro bilan birga tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib, tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi she’rlarni o‘qib, yod ola boshlagan. O‘zbek tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham mukammal egallagan. 1447 yil 12 martda mamlakat podshohi Shohrux vafot etgach, taxtga da’vogarlar orasida o‘zaro kurash boshlanadi. Urush-janjallar ko‘p kishilarni Xurosondan turli tomonga ko‘chib ketishga majbur etdi. |
Respublika Ta'lim Markazi
понедельник, 1 июля 2013 г.
Alisher Navoiy (1441-1501)
вторник, 25 июня 2013 г.
“Йилнинг энг яхши фан ўқитувчиси-2013” кўрик-танлови

Кўрик-танловнинг республика босқичи ўтказиладиган ҳорижий тилларга ихтисослаштирилган Давлат умумтаълим мактаби, аниқ фанларга ихтисослаштирилган Давлат умумтаълим мактаби, 28-Давлат ихтисослаштирилган мактаби, филология фанларига ихтисослаштирилган Давлат умумтаълим мактаби, 90-сонли умумтаълим мактаби, 112-сонли умумтаълим мактабларида тайёргарлик ишлари олиб борилди, таълим муассасалари ушбу жараёнга тўлиқ тайёр ҳолатга келтирилди, компьютер техникаси, Интернет ва керакли жиҳозлар билан таъминланди.
Подписаться на:
Сообщения (Atom)